Qo'rquv va noqislik tuyg'usini yengish, hasad va g'azabni davolash, taqvo, saxovat va kechirimlilik san'ati.
Qo'rqoqlik – insonning qadr-qimmatini yerga uradigan, uni xorlik va tobelikka rozi qiladigan eng yomon qusurlardan biridir.
Alloh taolo Qur'onda buyuradi: «Bas, odamlardan qo'rqmanglar, Mendan qo'rqinglar!» (Moida surasi, 44-oyat).
Inson tug'ma ravishda o'zini kamchilikli deb hisoblamaydi. Bu illat oiladagi noto'g'ri munosabat, sovuqqonlik va doimiy ta'nalar oqibatida shakllanadi.
Ota-onalarning eng ko'p qiladigan xatosi: «Falonchining bolasini qara, besh baho oldi, sen esa hech narsaga yaramaysan!» deb taqqoslashdir.
Hasad – birovga berilgan ne'matning (boylik, ilm, obro', go'zallik) yo'q bo'lishini xohlash va uning muvaffaqiyatidan ichi kuyishdir.
G'azab – inson vujudidagi otashin his-tuyg'udir. Payg'ambarimiz (s.a.v) aytadilar: «Haqiqatan, g'azab shaytondandir, shayton esa olovdan yaratilgan. Olov esa faqat suv bilan o'chiriladi. Qachon biringiz g'azablansa, tahorat qilsin!»
Taqvo so'zi «saqlanish», «ehtiyot bo'lish» ma'nolarini anglatadi. Ya'ni, inson o'zi bilan Allohning azobi o'rtasiga toat-ibodatni va solih amallarni qalqon qilishi demakdir.
Alloh taolo Qur'oni Karimda ta'kidlaydi: «Haqiqatan, barcha mo'minlar o'zaro birodardirlar» (Hujurot surasi, 10-oyat).
Isor – inson o'zi muhtoj bo'lib turgan narsani o'zgalarga ilinishi, birodarining manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yishidir.
Avf qilish – ojizlik yoki taslim bo'lish emas, balki qasd olishga kuchi yetib turgan holatda jazolamasdan kechirib yuborishdir.