Salomatlik va aqliy tarbiya6-9 yoshBEPULMuallif: Muslimaat.uz 5 daqiqa o‘qish
Nima uchun bolalar gadjetlarga bog‘lanib qoladilar?
Gadjetlardan foydalanish anchayin ommalashgan davrda uning zararlari ham hayotimizga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Ko‘plab ota-onalar kichik yoshdagi farzandlarini gadjetlardan ajratolmay qiynalayotganliklaridan shiko...
Gadjetlardan foydalanish anchayin ommalashgan davrda uning zararlari ham hayotimizga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Ko‘plab ota-onalar kichik yoshdagi farzandlarini gadjetlardan ajratolmay qiynalayotganliklaridan shikoyat qila boshladilar. Ularni foydaliroq va zarurroq mashg‘ulotlarga yo‘naltira olmayotgani, ayniqsa, karantin davrida yana ham qiyinroq bo‘layotgani ko‘pchilik ota-onalarni tashvishga solmoqda. Farzandingizga biroz o‘ynab turishi uchun telefoningizni bersangiz, qo‘lidan olib qo‘ymaguningizga qadar o‘zi qaytarib bermaydi. Nima deb o‘ylaysiz, virtual olam uning uchun eng yaxshi joymi? Balki uning bu olamga sho‘ng‘ib ketishi, faqatgina u yerda unga yaxshi ekanligidan emasdir. Balki bolangiz u yerdan, yashayotgan muhitida yetishmayotgan oddiy narsalarni izlayotgandir...Holatni nazariy tahlil qilib ko‘ra boshlaysiz.Farzandingiz bilan birgalikda o‘tirib, masjid suratini bo‘yamoqdasiz. Navbatdagi uchinchi masjid... Barmoqlaringiz toliqdi. Yoki jumboqlarga boy, arab alifbosi harflarini yig‘averib, ko‘zlaringiz tinib ketdi. Shunda unga boshqa toqatingiz yetmasligini va charchaganingizni bildirasiz. U esa jasurlik qilib, «Charchamadim, yana o‘ynaylik«, deb so‘rayveradi. Sizni o‘zidan uzoqlashtirishni istamasligi tufayli yana va yana so‘rayveradi. Keyin esa aka yoki opasiga: «Keling, yana o‘ynaylik, endi xo‘p deyman«, deb yopishib oladi. Zavq bilan o‘yinlarga berilib ketganidan: «Bilasizmi, bugun planshetda o‘yin o‘ynash, hech ham yodimga tushmabdi«, deb hayratlanib aytishidan afsuslanmayotgani sezilib turadi. Ko‘rinib turibdiki, to‘xtatmasang, kun bo‘yi gadjetdan bosh ko‘tarmaydigan bolakay uchun u shunchaki bir ovunchoq. Yolg‘iz qoldirishganida, unga vaqt ajrata olishmaganida esa yig‘lash orqali unga erishish qulay. Diqqat-e’tiborga erishish uchun kurashish kerak, gadjet bilan esa hammasi osongina kechadi. Shundoq tugmasni bosadiyu, birozdan so‘ng ko‘ngil ochar o‘yinlar boshlanadi. Hech bir bolakay gadjetlarni uni yaxshi ko‘ruvchi, e’tibor bilan g‘amxo‘rlik qiluvchi kishisidan afzal ko‘rmaydi. Chunki bu g‘amxo‘rlik bola bilan bo‘ladigan jonli va zavqli muloqot, yoqimli hislar tuydiruvchi o‘zaro qiziqarli faoliyatdir. Gadjetlar esa biz yo‘qligimizda taskin izlab, intiladigan temir parchasi xolos. "Kel, avval biroz kitob o‘qiymiz", deya uni bag‘ringizda quchgancha, saodat asri hikoyalaridan o‘qib, yaxshi xulq egasi bo‘lishiga targ‘ib eting. Hikoyani tugatishingiz zahoti u yana o‘qib berishingizni so‘raydi. Keyingi hikoya tugashi bilan u yana iltimos qiladi. Yana va yana... So‘ng qiziqtirgan savollarini yog‘dira boshlaydi. Siz bilan kechayotgan suhbatni cho‘zaveradi. Shundan so‘ng beixtiyor suhbat kutilmagan burilish olib,bolakay dunyodagi barcha narsalar haqida so‘rashni boshlaydi. Bola u mavzudan bu mavzuga o‘tib, turli savollar beraveradi. Shunda o‘zingiz uchun har qanday mavzudan ko‘ra, din haqidagi suhbatning afzalligi, uning qiziqarli imkoniyatlarini kashf qilasiz. Bu paytda esa unutilgan gadjet divanda yotgan bo‘ladi. Gadjetlarga bo‘lgan nosog‘lom qaramlik bu bolaga yetishmayotganligimiz sabab umidsizlik berishi bilan atrofidagi yaqin kishilariga sog‘lom bog‘lanish tuyg‘usini yengishga urinishdir.Anglaysizki, yaqin kishisiga bog‘lanish mayli, bu siz uchun uning qalbiga yetib borishning eng tabiiy kaliti, bu jajji yurakchani diniga muhabbat bilan to‘ldirishning bebaho imkoni, unga haqiqiy to‘g‘ri yo‘lni eng ajoyib, hayratlanarli ranglarda ko‘rsata olish imkoniyatidir. Shunday bo‘lsinki, din unda eng yoqimli hislar: muhabbat, iliqlik, quvonch, g‘amxo‘rlik bilan uyg‘onsin. Uni bag‘ringizga olib, barcha narsadan ulug‘ bo‘lgan Alloh taolo butun borliqni go‘zal qilib yaratgani, Qur’on o‘qiyotganingizda uni yoningizda bo‘lishini yoqtirishingizni, uni yaxshi ko‘rishingizni va u bilan jannat deb nomlangan ajoyib joyda abadiy yashashni istashingizni hikoya qila boshlaysiz. Nihoyat tushunib yetasizki, farzandingiz uchun siz bilan qalban va jisman yaqin bo‘lishdan boshqasi zaruriy emas. Gadjetlar ham…
Maqolani o‘qib bo‘ldingizmi?
Bilimingizni mustahkamlab, profilingiz uchun qo‘shimcha 5 XP to‘plang.
#gadjetlar#ekran qaramligi#bolalar psixologiyasi#ota-ona diqqati#soglom turmush
AMALIY TARBIYA MASHG‘ULOTI
Bu mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?
Nazariyani bilish yetarli emas. Farzandly interaktiv platformasida har kuni 5 daqiqa amaliy mashqlar va testlar orqali farzandingiz bilan til topishishni o‘rganing.